
Samarqand shahar 4-sonli texnikum huzuridagi Samarqand Startap Inkubator Markazida Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamkorligida “Startap loyihalarini yaratish” mavzusida qisqa muddatli o‘quv kursi tashkil etildi.
Kurs davomida ishtirokchilar innovatsion g‘oyalarni biznes loyihalariga aylantirish, Business Model Canvas va Pitch Deck tayyorlash, moliyaviy rejalashtirish hamda investorlar bilan ishlash bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘ldilar.
🎓 Kurs yakunida KMCU – Keimyung Kollej Universiteti professori, loyiha rahbari Lee Sang Seog, texnikum direktori, professor I. Ergashev, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi direktori Q. Marupov hamda boshqa mutasaddilar tomonidan kursni muvaffaqiyatli tamomlagan o‘quvchilarga sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.
Telegram bot: @ikoicabot / Telegram kanal: https://t.me/samarkandvtc / Veb sayt: https://samarkand-vtc.uz
E-mail: sam-koica@mail.ruDAK topshiriqlari (Mashinasozlik) (2)





