+998 (66) 221 72 62 sam-koica@mail.ru Samarqand sh. Spitamen ko'chasi 264a

MASHINASOZLIK

Ushbu bo’limni bitiruvchilariga mashinasozlik texnik – texnolog, keng profilli dastgohchi, sonli dasturli boshqarish stanoklari avtomatik va yarim abtomatik tizimlari operatori kasbini egallaganligi haqidai davlat namunasidagi diplom beriladi.

O’qitiladigan fanlar:

  • Mashinasozlik texnologiyasi
  • Mashina detallari
  • Texnik chizmalari
  • Matetialshunoslik
  • Metallarga ishlov berish dastgohlari (tokorlik,frezlash va parmalash ishlari)
  • Raqamli dastur boshqarish dastgohi (CNC)
  • Avtomatlashtirilgan tizim loyihasi CAD dasturlash
  • Chilangarlik ishlari
  • Payvandlash ishlari (Elktr,yarim avtomatda)

 

Bo’limda metallarga ishlov berishda qo‘llaniladigan turli xil kesgichlar, detallar, o’lchov asboblari, yig’ish usullari, tekshirish usullari, materiallarning turlari, mashinaning qo’shimcha qurilmalari, metallarga ishlov berish mashinalarining sxemalari, metallarga ishlov berish (tokarlik, frezalash va parmalash) ishlari,  jilvirlash ishlari, Raqamli boshqarish mashinalari (RBM), Avtomatlashtirilgan tizim loyihasi CAD/CAM dasturlash, sifat nazorat usullari, chizmalarni chizish va o’qish, tokarlik va freza (RBM) mashinalarini boshqarish usullari, 2D va 3D detallarda ishlash bo’yicha ko’nikmalar beriladi.

MASHINASOZLIK yo’nalishda quyidagi KOREYA RESPUBLIKASIDAN OLIB KELINGAN jihozlar bilan erkin ishlash ko’nikmalariga ham ega bo’lasiz

Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarish jihozlari va ularni avtomatlashtirish. Yo’nalishi, Metallarga ishlov berish mexanigi Kasbi bo’yicha O’qishga marhamat.

Siz bu kasbda Metallarga ishlov berish (takarnik, frezalash va parmalash ishlari) Chilangarlik ishlari, Rakamli dasturli boshkarish dastgoxi (CNC) mashinalarda ishlash ko’nikmasini, Avtomatlashtirilgan tizim loyxasi CAD/CAM dasturlash bo’yicha amaliy ishlar, shu bilan birgalikda Solid Works va Auto CAD dasturlari bo’yicha bilimlarga ega bo’lasiz va mustaqil ravishda  respublikamizda joylashgan nufuzli korxonalar (JV MAN Auto Uzbekiston MCHJ QK, “Uz Auto Trailer” MChJ, Samarqand Avtomobil zavodi MChJ, Standart Samarqand business MCHJ, OOO “STEKLOPLASTIK, SAM-FERRE» XK, “NPO ELXOLDING”  MCHJ ) va boshqa katta-kichik sanoat korxonadlarida o’z ish faoliyatingizni olib borishingiz mumkin. Darslar Koreyalik mutaxassislar hamda Koreya Respublikasida malaka oshirib kelgan o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi.

 

O‘qish muddati 8 oy. 6 oy auditoriyada, 2 oy ishlab chiqarish amaliyoti 

Qabul: Yiliga 2 marta. 

Yozgi: Iyul-avgust   Qishki: Yanvar-fevral

Boshqa viloyatlar va uzoq tumanlardan kelgan talabalar yotoqxona bilan ta‘minlanadi

 

Texnik bazamiz