SAMARQAND ISHSIZLARNI KASB-HUNARGA O’QITISH MARKAZI (KOICA)
QABUL E’LON QILADI
O’zbekiston Respublikasi Kambag’allikni qisqartirish va bandlik vazirligining “O’zbekistonda kasb-hunarga o’qitish imkoniyatlarini rivojlantirish” loyihasi doirasida Koreya Xalqaro Hamkorlik Agentligi (KOICA) ishtirokida tashkil etilgan Samarqand ishsizlarni kasb-hunarga o’qitish markaziga o’quvchilar qabul qilinadi.
Markazda ishsiz va band bo’lmagan fuqarolarni kasb-hunarga o’qitish quyidagi kasblar bo’yicha bepul amalga oshiriladi:
- Avtomobillarni ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko’rsatish bo’yicha texnik-mexanik (avtoslesarlar, motoristlar, avtoelektriklar, avtomobillar diagnostikasi bo’yicha mutaxassislar).
- Payvandlash ishlari mexanik-texnigi (elektryoyida (elektrosvarka SMAW), avtomat va yarimavtomatda (kepmomat MIG/MAG), gaz alangasi yordamida (avtogen), argon (volfram elektrod yoyida TIG) da payvandlovchilar, santexniklar, chilangarlar va metallarga ishlov berish mutaxassislari).
- Elektron texnikalarni montaj qilish va sozlash texnigi (elektromontaj ishlari, elektr yuritmalarining elektr cho’lg’amlarini o’rash, dasturiy mantiqiy kontrollerlar (PLC), sanoat elektromontaji va boshqaruvi, elektrotexnika komponentlari, maishiy texnikalarni ta’mirlovchi va ularga texnik xizmat ko’rsatuvchi ustalar).
- Kompyuter injiniringi texnigi (Axborot texnologiyalari) (Wyeb dasturchilar, kompyuterlarga texnik xizmat ko’rsatuvchi ustalar, tarmoq operatorlari, videokuzatuv moslamalarini o’rnatuvchilar va ularga texnik xizmat ko’rsatuvchilar, ofis ishlari operatori, 1C buxgalteriya, SMM marketingini yurutuvchilar, video va fotomontajchilar, reklama gif animatorlari).
- Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chikarish jixozlari va ularni avtomatlashtirish (tokar, frezerlovchi, texnik-texnolog, keng profilli dastgohchi , sonli dasturli boshqarish stanoklari, (CHPU, CNC) avtomatik va yarim avtomatik tizimlar operatori). CAD/CAM.
- Kompyuter grafikasi va multimediya tizimlari texnigi (tashqi reklamalar dizayneri, mock-up dizaynerlar, qadoqlash mahsulotlari dizayneri, chop etiladigan reklama obyektlari dizayneri, tekstil sohasidagi dizaynerlar, 3D modellar dizayneri, Wyeb dizayner, fotograf, fotomantajchi, videomontaj ustasi, lanshaft dizayneri, interyer va eksteryer dizaynerlar, qurilish obektlarini maxsus dasturlarda loyihalovchi dizaynerlar, reklama sohasida ishlatiladigan uskunalar operatori).
Markazda kasb-hunarga o’qish muddati 8 oy, shundan Markazda o’qish – 6 oy, korxonalarda ishlab chiqarish amaliyoti – 2 oy. Bitiruvchilarga egallagan kasbi (mutaxassisligi) bo’yicha mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi davlat namunasidagi diplom beriladi.
Markazda o’qish uchun o’zingiz yashaydigan tuman (shahar) Aholi Bandligiga Ko’maklashish Markaziga murojaat qiling. ABKM yo’llanmasi va uch tomonlama shartnomasini olganingizdan keyin markazga quyidagi hujjatlarni topshirasiz:
- Ariza (markazda yoziladi).
- Pasport nusxasi (pasport asl nusxasi ko’rsatiladi).
- Ma’lumotini tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi (attestat yoki diplom).
- Ishga joylashtirish bo’yicha uch tomonlama (ish beruvchi, tuman (shahar) Bandlikka ko’maklashish markazi va jismoniy shaxs) shartnoma nusxasi.
- 3,5 x 4,5 sm o’lchamdagi 4 dona rangli fotosurat.
*Hujjatlar 2024 yilning 15–fevraltdan 30-martgacha qabul qilinadi. O’qish 1–apreldan boshlanadi.
* Manzil: Samarqand shahar, Spitamen ko’chasi,
264a uy (Mo’ljal Superxoddog qarshisida).
Murojaat uchun telefonlar: +99866-221-72-62 / +99866-221-73-62 / +99890-251 41 45.
Telegram bot: @ikoicabot / Telegram kanal: https://t.me/samarkandvtc / Veb sayt: https://samarkand-vtc.uz
E-mail: sam-koica@mail.ru.