+998 (66) 221 72 62 sam-koica@mail.ru Samarqand sh. Spitamen ko'chasi 264a

Samarqand shahridagi kasb hunarga o’qitish markazi, Koreya Xalqaro Hamkorlik Agentligi (KOICA) hamda Keimyung Kollej Universiteti o‘rtasida Davlat Xususisy Hamkorlik loyihasi doirasida markazda SSIC-Samarqand Startap Inkubator Markazi tashkil etildi.

    Bu markazning asosiy maqsadi bo`lajak Startaplarni qo’llab quvvatlash, bo’lajak tadbirkorlarga daslabki ish boshlashi uchun imkoniyat yaratish, rivojlanishning daslabki bosqichlarida va bozorga asta sekinlik bilan moslashib ketishda ko’maklashishdan iboratdir.

   O’z biznes loyihasiga ega bo’lgan fuqoralar markazga Rezident sifatida qabul qilinadi va loyihasi ustida markaz ishchi xodimlari bilan hamkorlikda ishlaydi.

  Markaz Rezidentlarini loyihalarini samarali amalga oshirishda markazning hamkor Mentorlari o’z tadbirkorlik tajribalari bilan yaqindan ko’maklashadi.

     Markazda Rezidentlarga ko’rsatiladigan quyidagilar..

  1. Jihozlangan ish joylari va tegishli ofis xizmatlarini ko’rsatish.
  2. Rezident loyihasini rivojlantirishga ko’maklashish bo’yicha tadbirlarni amalga oshirish.
  3. Loyihani qo’llab-quvvatlash va Inkubator markazining hamkorlari tarmog’iga kirish.
  4. Inkubator markazining ta’lim dasturlari.

Hozirda markazda 6 nafar Rezidentlar o’zlarining loyihalari ustida ishlamoqda. Hozirda markaz Rezidentlar respublika meqiyosida tashkil etilayotgan Startap tanlovlarida o’zlarining loyihalari bilan qatnashmoqda.

blank
blank