



📢 Joriy yil 22 aprelda Samarqand shahar 4-son texnikumiga Rossiya federatsiyasining Novgorod shahridan TRECT kompaniya rahbari Sergey Valeryevich Tyan boshchiligidagi delegatsiyasi tashrif buyurdi.
✅ Mehmonlarga texnikumdagi yo‘nalishlar, zamonaviy ta’lim metodikalari va talabalar uchun yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumot berildi.
Texnikumda tashkil etilgan Startup inkubator markazini rezidentlari bilan suhbatlashdi hamda ularni faoliyatiga yuqori baho berdi.
Texnikum bilan hamkorlik ishlarini yo‘lga qo‘yish masalalari kelishib olindi
Ushbu tashrif xalqaro hamkorlik va tajriba almashinuvini mustahkamlashda muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
