2026-yil 23–avgustdan 5–sentabrgacha Turkiya Respublikasining Konya shahrida payvandlash yo‘nalishi bo‘yicha ikki haftalik malaka oshirish kursi tashkil etildi.
Unda Samarqand shahar 4-son texnikumi ishlab chiqarish ta’lim ustasi Nurmanov Eldor muvaffaqiyatli ishtirok etib, “Kaynak Operatörlüğü” sertifikatini qo‘lga kiritdi.
Kurs davomida elektr yoyli, MIG/MAG, TIG, flyus ostida, lazerli va robotlashtirilgan payvandlash texnologiyalari bo‘yicha zamonaviy nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalar egallandi.
🤖 Ayniqsa, robotlashtirilgan payvandlash va zamonaviy simulyatorlar bilan ishlash bo‘yicha amaliy tajriba orttirildi.
O‘zlashtirilgan ilg‘or tajribalar endilikda texnikumdagi ta’lim jarayonida qo‘llanib, o‘quvchilarga zamonaviy payvandlash texnologiyalarini o‘rgatishga xizmat qiladi.
🎓 Yangi bilim. Yangi tajriba. Yangi imkoniyatlar! O‘RGANDIK. TAJRIBA ORTTIRDIK. ENDI O‘RGATAMIZ!
Telegram bot: @ikoicabot / Telegram kanal: https://t.me/samarkandvtc / Veb sayt: https://samarkand-vtc.uz
E-mail: sam-koica@mail.ruDAK topshiriqlari (Mashinasozlik) (2)

