“Investor – tarmoq – markaz” zanjiri amalda
✅Joriy yil 13 mart kuni Samarqand viloyati kasbiy ko‘nikmalar mintaqaviy markaz xodimlari Samarqand shahrida joylashgan “Saturn metal qayta ishlash” MChJga hamkorlik masalalarini kelishib olish va tinglovchilarni ishlab chiqarish amaliyotlarini yanada samarali tashkil etish maqsadida tashrif buyurdi.
⚡️Korxona rahbari Muxammadiyev Zarrux iliq kutib oldi, korxona faoliyati bilan yaqindan tanishtirdi. Korxonada muzlatgich, oshxona jihozlari va shu kabi 40 turga yaqin tovarlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yganligi hamda hozirgi vaqtda xorijiy davlatlarga eksport qilayotganligi haqida gapirib o‘tdi.
⚡️Tashrif davomida korxonada markaz tinglovchilariga haq to‘lanadigan ishlab chiqarish amaliyotini tashkil qilish va amaliyotdan keyin korxonada doimiy ishga olib qolish masalalari kelishib olindi va ikki tomonlama shartnomalar imzolandi.
Bugun, 01.11.2025 sanasida markazimizga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri SHARIPOV KUNGRATBAY AVIZEMBETOVICH tashrif buyurdilar. 🇺🇿
Vazirimiz o‘quv xonalar, amaliy labaratoriya xonalari, texnik baza va talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. 🔍🎓
Shuningdek, o‘quvchilarning loyihalari, ishlab chiqarish bilan bog‘langan amaliyot tizimi va markazimizning kelajak rejalari haqida batafsil ma’lumot olishdi.
✳️ Tashrif davomida:
— o‘quv sinflari va laboratoriyalar ko‘zdan kechirdilar;
— yo’nalishlar uchun maxsus yaratilgan o’quv qo’llanmalar bilan tanishdilar;
— Markazda WorldSkills uchun tayyorlangan maxsus sharoitlar bilan tanishdilar;
📢 Vazirimiz, markaz faoliyatini ijobiy baholab, malakali kadrlar tayyorlash yo‘lidagi sa’y-harakatlarimizni qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.
Telegram bot: @ikoicabot / Telegram kanal: https://t.me/samarkandvtc / Veb sayt: https://samarkand-vtc.uz
E-mail: sam-koica@mail.ruDAK topshiriqlari (Mashinasozlik) (2)

