+998 (66) 221 72 62 sam-koica@mail.ru Samarqand sh. Spitamen ko'chasi 264a

Nova Psixologik markaz bilan hamkorlik Memorandum imzolandi

2021 yil 19 oktiyabr kuni markazning faollar zalida Nova Psixologik markaz bilan hamkorlik Memorandum imzolandi. Memorandumni imzolashda Nova Psixologik markaz direktori Firdavs Abduraxmonov, Samarqand kasb hunarga markazi direktori Ismoil Ergashev va markaz jamoasi  qatnashdilar.

Nova Psixologik markazi Samarqand shahridagi birinchi xususiy Psixologik markazi bo’lib 2017 yilda faoliyatini boshlagan. Hozirda markazda jami 9 nafar ishchi xodim faoliyat olib bormoqda. Nova Psixologik markazi turi psixologik,biznes va tadbirkolikka oid jami 15 dan ziyod treninglar olib boradi. Markaz hozirda 10 dan ziyod mahalliy tashkilotlar bilan hamkorlikni yo’lga qo’ygan.

Markaz bilan Memorandum imzolangandan so’ng Samarqand kasb hunarga o’qitish markazi ishchi xodimlari va Startap Inkubator markazi Rezidentlari uchun maxsus trening seminar tashkil etildi.

Seminar trening “Muvaffaqiyat Ko’nikmalari” mavzusida savol javob shaklida tashkil etilib insonlarning hayoti davrida baxtga erishishi,baxtli oila qurish va kelajakda o’z kasbi bo’yicha muvaffaqiyatga ershish ko’nikmlariga bag’ishlandi. Nova Pisixologik markazi bilan kelajakda turli o’quv seminarlarni markazda muntazam tashkil etish bo’yicha kelishib olindi.