2021 yil 8-sentabr sanasida, Samarqand shahridagi ishsiz va band bo’lmagan aholini kasb-hunarga o’qitish markaziga Samarqand viloyati Bandlik bosh boshqarma boshlig’i o’rinbosari Babayev Dilshod Tolibjonovich va mas’ul xodimlar, «SOS O’zbekiston Bolalar Mahallalari» Uyushmasi Samarqand filiali hamda Samarqand viloyati 1-son Bolalar uyidan yoshlar tashrif buyurdi.
Tashrif davomida mehmonlar markazdagi yaratilgan shart-sharoitlar, dars jarayonlari bilan yaqindan tanishishdi va o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.