+998 (66) 221 72 62 sam-koica@mail.ru Samarqand sh. Spitamen ko'chasi 264a

KOICA Davlat-xususiy sherikchilik loyihasi natijalari bo’yicha hisobot va loyiha boshqaruvchilar uchun onlayn tarzda trening bo’lib o’tdi.

Samarqand shahridagi kasb-hunarga o’qitish markazi, KOIKA va Koreyaning Keymyung kollej universiteti hamkorligida 2021–yil 10-dekabr kuni KOICA Davlat-xususiy sherikchilik loyihasi natijalari bo’yicha hisobot va loyiha boshqaruvchilar uchun trening onlayn tarzda bo’lib o’tdi.

       (1) Koreya tamondan quyidagilar ishtirok etdi:

•          KOICA bosh ofisi (Kvon Ye-Rang)

•          Keimyung Kollej universiteti Prezidenti (Park Seung Xo)

•          Keimyung Sanoat va universitet hamkorlik guruhi rahbari (Kim Yun Gap)

•          Loyiha menejeri (LEE SANG SEOG)

•          Daegu xalqaro hamkorlik markaz direktori (Jang Bong-Soon)

•          Keimyung universiteti professor (Jeong Sang-Hee)

•          Kukmin universiteti professor (Hong Seong-Geol)

•          KDI professor (Seong-Jun Paik)

•          Koreya Ta’lim va tadqiqot axborot xizmati (katta tadqiqotchi Xyo-Jae Choi)

   •  KOICA O’zbekiston ofisi direktor (Sun-Jin Park, direktor oʻrinbosari Min-Kyung Seong)

         (2) O’zbekiston tamondan:

            •          O’zbekiston Mehnat vazirligidan «Kasbga yo’naltirish hamda kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirishni tashkil etish boshqarmasi» boshlig’i o’rinbosari – Masharipov Farrux O’tkirovich

•          Koica kasb hunar markazlari direktorlari

•          Barcha kasb-hunar markazlari direktorlari.

Koreyadan Keymyang Kollej Universiteti Prizidenti janob SEUNGHO PARK, PPP loyihasi menejeri LEE SANG SEOG va  KOICA O’zbekiston ofisi direktor Sun-Jin Park. Shundan so’ng loyiha natijalari bo’yicha loyihasi menejeri LEE SANG SEOG va Samarqand kasb-hunarga o’qitish markazi direktori Ismoil Ergashevlar hisobot berishdi.

Seminarning 2-qismi trenning shaklida o’tkazildi. Bunda Kukmin universiteti professori Hong Seong-geol “Boshqaruv va milliy taraqqiyot” mavzusida,  KDI xalqaro siyosat bo’yicha

 Professor Bae Sung-Jun  “Texnik kadrlarni tarbiyalash uchun qisqa muddatli

Kasbiy ko’nikmaga ega mutaxasislarni tayyorlashda oliy ta’lim muassasalarining tutgan roli”  mavzusidagi ma’ruzalari tinglandi.

            Hisobot Prezentasiyalari va trenning ma’ruzalari savol-jaoblar bilan yakunlandi. Koreya tomoni va O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi loyiha natijalariga yuqori baho berishdi va loyihani keyingi bosqichda davom ettirishga qaror qilindi.