+998 (66) 221 72 62 sam-koica@mail.ru Samarqand sh. Spitamen ko'chasi 264a

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining maslahatchisi Gullola Isakova

2021-yilning 28-sentabr kuni O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining maslahatchisi Gullola Isakova, Bandlik bosh boshqarmasi boshlig’i I.Jabborov, hamda Samarqand viloyati hokimining maslahatchisi Sherali Temirov birgalikda viloyat Bandlik bosh boshqarmasi tizimidagi peshlavhalar, ommaviy targ’ibot vositalari, e’lon, reklama va ko’rgazmali boshqa axborot matnlari, ish qog’ozlari va rasmiy blanklar davlat tilida, imlo xatolarsiz yuritilish holatini o’rganish va tegishli ko’rsatmalar berish maqsadida Samarqand shahridagi kasb-hunarga o’qitish markazi faoliyati bilan tanishdi.

Markazi faoliyati bilan tanishish davomida tegishli vakillar ishtirokida davra suhbati o’tkazildi. Suhbat chog’ida Ma’naviy va Ma’rifiy ishlar yuzasidan turli xil masalalar ko’rib chiqildi va topshiriqlar o’z ma’sullarga biriktirildi.