Samarqand shahridagi kasb-hunarga o’qitish markaziga elektr va elektron ehtiyot qismlari ishlab chiqaradigan Xitoyning “CHINT” kompaniyasining yurtimizdagi asosiy distribyutori hisoblanadigan “NURA GROUP” M.Ch.J vakillari tashrif buyurishdi.
Kompaniya haqida, ishlab chiqariladigan mahsulotlari (qurilmalar va ularning ishlash prinsipi, sifati) haqida taqdimot o’tkazishdi. Bu taqdimotda «Elektronika va asbobsozlik» bo’limi o’qituvchilari va talabalari qatnashishdi. Taqdimot so’ngida talabalarga “NURA GROUP” kompaniyasi vakillari tomonidan esdalik sovg’alari topshirildi.