+998 (66) 221 72 62 sam-koica@mail.ru Samarqand sh. Spitamen ko'chasi 264a

Markaz jamoasining “BASSEYIN PLAST” korxonasiga tashrifi

Samarqand kasb hunarga o’qitish markazi mahalliy korxonalar bilan hamkorlikni rivojlantirmoqda. 2021 yilning 8-iyun kuni markaz o’qituvchilari markaz direktori boshchiligida “BASSEYIN PLAST” korxonasiga tashrif buyurdi. Tashrif doirasi korxona rahbari korxonaning faoliyati, ishlab chiqarayotgan mahsulotlari va kelajakdagi korxona rejalari haqida ma’lumot berdi.

Ushbu korxona 2014 yilda tashkil etilgan bo’lib hozirda plastic mahsulotdan turli shakldagi cho’milish basseyinlarni ishlab chiqmoqda. Hozirda korxonada 20 nafar mahalliy ishchi ishlamoqda.

Tashrif doirasida korxona bilan kelajakda hamkorlik shartnomasini imzolash, markaz o’quvchilarning o’quv amaliyot darslarni tashkil etish va bitiruvchilarni ishga joylash bo’yicha kelishib olindi.

Markaz jamoasi korxona rahbariga samimiy qabul uchun, o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

blank
blank