+998 (66) 221 72 62 sam-koica@mail.ru Samarqand sh. Spitamen ko'chasi 264a

Samarqand shahridagi kasb-hunarga o’qitish markazida ilk bor “WorldSkills- UZBEKISTAN” imtihonlari o`tkazilmoqda

O’zbekiston 2020 yilda xalqaro “WorldSkills international” assosiasiyasiga 83-a’zo davlat sifatida qabul qilindi. Ishchi kasblarni yanada rivojlantirish, kasb ta’limiga xalqaro standartlarni  joriy qilish xalqaro mehnat migrasiyasi sharoitida juda katta ahamiyatga ega.

“WorldSkills Uzbekistan” assosiasiyasi “WorldSkills Russia” bilan hamkorlikda O’zbekistonda mahalliy ekspertlarni tayyorlash bo’yicha katta ishlar amalga oshirildi. Jumladan, Samarqand shahridagi kasb-hunarga o’qitish markazining 8 nafar o’qituvchisi ekspert imtihonlaridan muvaffaqiyatli o’tgan edi. Navbatdagi qadam markaz talabalariga “WorldSkills” pasportlarini berish bo’yicha imtihonlar tashkil etila boshlandi.   

Samarqand shahridagi kasb-hunarga o’qitish markazida, “WorldSkills-RUSSIA” va “WorldSkills- UZBEKISTAN” assotsiatsiyalari bilan hamkorlikda “Elektromontaj” kompetensiyasi bo’yicha yoshi 16 yoshdan 25 yoshgacha bo’lgan talabalar WorldSkills pasportini  olish uchun amaliy imtixonda  qatnashmoqda.

Ushbu imtixonda Elektronika va asobobsozlik bo`limi talabalari Z.Sanaqulov, S.Shamsiddinov,  B.Saitov, B.Qirg’izboyev, H.Tuychiyev va B.Ko’liboyevlar o’z bilim va ko’nikmalarini sinab ko’rishmoqda. Bu imtixonda qatnashgan talabalarning bajarilgan ishlarini xolisona baholash uchun Rossiyalik ekspertlar Maksim Pevin (WSR-ekspert), Anna Isayeva (WSR-kordinatori), O`zbekistonlik bosh ekspert Tashkent OOO «EMG-Electro» korxonasidan  Anvar Gil’manov, Shaxrisabz kasb-hunarga o`qitish markazidan Sanjar Rahimov,  Toshkent kasb-hunarga o`qitish markazidan Shuhrat Akbarov, Toshkent shahridagi Ishga marhamat Monomarkazidan Sarvar Ortiqovlar ekspert sifatida  ZOOM ilovasi orqali onlayn ishtirok etmoqda. Bundan tashqari  Markazda offlayn tarzda Samarqand davlat univerisiteti PhD doktori Jalol Ro’zimurodov va  UZBAT-Samarqand korxonasidan Olmos Xudoyqulovlar ekspert sifatida qatnashmoqda.         

Ishtirokchi talabalar jami uch bosqichda berilgan topshiriqlarni bajaradi. Birinchi bosqichda Elektromontaj ishi, bunda talabalar maxsus ishchi kabinada berilgan elektr sxemani o`z vaqtida va to`g`ri yig`ishi talab etiladi,  ishning bajarilishi uchun 6.5 soat vaqt berilgan. Ikkinchi bosqichda Mantiqiy kontrollerlarni dasturlash (1 soatga mo`ljallangan). Unda talabalar bajarilgan ishni dasturlab, avtomatik ishlashini ta’minlaydilar. Uchinchi bosqichda 30 minutda  berilgan stenddagi xatoliklarni topish talab etiladi. Talabalar jami uchta yo`nalishda berilgan topshiriqlarni mohirlik bilan bajarishmoqda. Yakuniy natijalar to`g`risida yana ma’lumot beramiz. Amaliy imtihonlar 2 kun davom etadi. “WorldSkills” pasportlari  assosiasiyaga a’zo davlatlarda o’z kasbi bo’yicha ishlash huquqini beradi.