Bayroq
Gerb
Oʻzbek
РусскийEnglish
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
    • E’lonlar
  • Ochiq ma’lumotlar
    • Korrupsiyaga qarshi kurashish
    • Ichki idoraviy hujjatlar
    • Ochiq ma’lumotlar
    • Hisobotlar
  • Markaz
    • Rahbariyat
    • O’quv kurslari
      • Avtomaktab
      • Til o’qitish markazi
      • Boshqa kurslar
      • BEPUL VIDEO KURSLAR
    • Axborot resurs markazi
    • SAMARQAND STARTAP INKUBATOR MARKAZI (SSIC)
    • Yotoqxona
    • Oshxona
    • Foto galereya
    • Video galereya
    • Loyihalar
  • Yo’nalishlar
    • Axborot texnologiyalari
    • Avtomobillarni ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko’rsatish
    • Elektronika va asbobsozlik
    • Payvandlash va chilangarlik ishlari
    • KOMPYUTER GRAFIKASI VA MUTIMEDIYA TIZIMLARI
    • Mashinasozlik
  • Aloqa
  • Qabul 2025

Samarqand shahridagi kasb-hunarga o’qitish markazida ilk bor “WorldSkills- UZBEKISTAN” imtihonlari o`tkazilmoqda

Posted on 30.04.2021
blank

O’zbekiston 2020 yilda xalqaro “WorldSkills international” assosiasiyasiga 83-a’zo davlat sifatida qabul qilindi. Ishchi kasblarni yanada rivojlantirish, kasb ta’limiga xalqaro standartlarni  joriy qilish xalqaro mehnat migrasiyasi sharoitida juda katta ahamiyatga ega.

“WorldSkills Uzbekistan” assosiasiyasi “WorldSkills Russia” bilan hamkorlikda O’zbekistonda mahalliy ekspertlarni tayyorlash bo’yicha katta ishlar amalga oshirildi. Jumladan, Samarqand shahridagi kasb-hunarga o’qitish markazining 8 nafar o’qituvchisi ekspert imtihonlaridan muvaffaqiyatli o’tgan edi. Navbatdagi qadam markaz talabalariga “WorldSkills” pasportlarini berish bo’yicha imtihonlar tashkil etila boshlandi.   

Samarqand shahridagi kasb-hunarga o’qitish markazida, “WorldSkills-RUSSIA” va “WorldSkills- UZBEKISTAN” assotsiatsiyalari bilan hamkorlikda “Elektromontaj” kompetensiyasi bo’yicha yoshi 16 yoshdan 25 yoshgacha bo’lgan talabalar WorldSkills pasportini  olish uchun amaliy imtixonda  qatnashmoqda.

Ushbu imtixonda Elektronika va asobobsozlik bo`limi talabalari Z.Sanaqulov, S.Shamsiddinov,  B.Saitov, B.Qirg’izboyev, H.Tuychiyev va B.Ko’liboyevlar o’z bilim va ko’nikmalarini sinab ko’rishmoqda. Bu imtixonda qatnashgan talabalarning bajarilgan ishlarini xolisona baholash uchun Rossiyalik ekspertlar Maksim Pevin (WSR-ekspert), Anna Isayeva (WSR-kordinatori), O`zbekistonlik bosh ekspert Tashkent OOO “EMG-Electro” korxonasidan  Anvar Gil’manov, Shaxrisabz kasb-hunarga o`qitish markazidan Sanjar Rahimov,  Toshkent kasb-hunarga o`qitish markazidan Shuhrat Akbarov, Toshkent shahridagi Ishga marhamat Monomarkazidan Sarvar Ortiqovlar ekspert sifatida  ZOOM ilovasi orqali onlayn ishtirok etmoqda. Bundan tashqari  Markazda offlayn tarzda Samarqand davlat univerisiteti PhD doktori Jalol Ro’zimurodov va  UZBAT-Samarqand korxonasidan Olmos Xudoyqulovlar ekspert sifatida qatnashmoqda.         

Ishtirokchi talabalar jami uch bosqichda berilgan topshiriqlarni bajaradi. Birinchi bosqichda Elektromontaj ishi, bunda talabalar maxsus ishchi kabinada berilgan elektr sxemani o`z vaqtida va to`g`ri yig`ishi talab etiladi,  ishning bajarilishi uchun 6.5 soat vaqt berilgan. Ikkinchi bosqichda Mantiqiy kontrollerlarni dasturlash (1 soatga mo`ljallangan). Unda talabalar bajarilgan ishni dasturlab, avtomatik ishlashini ta’minlaydilar. Uchinchi bosqichda 30 minutda  berilgan stenddagi xatoliklarni topish talab etiladi. Talabalar jami uchta yo`nalishda berilgan topshiriqlarni mohirlik bilan bajarishmoqda. Yakuniy natijalar to`g`risida yana ma’lumot beramiz. Amaliy imtihonlar 2 kun davom etadi. “WorldSkills” pasportlari  assosiasiyaga a’zo davlatlarda o’z kasbi bo’yicha ishlash huquqini beradi.

  • blank
  • blank
  • blank
  • blank
  • blank
  • blank
  • blank
  • blank
Avvalgi maqola
Startap G’oyalarining Saralash Tanlovi
Keyingi maqola
Mahalla fuqarolari yig’ini bilan hamkorlik ishlari

Yangi maqolalar

  • Qabul 2025-yil 2-mavsum 28.01.2025
  • 16-10-Oqim talabalari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi bo’lib o’tadigan kunlar jadvali 30.10.2024
  • Ish e’loni 26.04.2024
  • 15-9-Oqim talabalari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi bo’lib o’tadigan kunlar jadvali 24.04.2024
  • 15-9-Oqim talabalari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi namunaviy savollari 20.04.2024

Bo'limlar

  • Chora-Tadbirlar (4)
  • elonlar (6)
  • Yangiliklar (231)
blank

Samarqand kasb-hunarga o’qitish markazi

I am raw html block.
Click edit button to change this html

So’nggi yangiliklar

Qabul 2025-yil 2-mavsum

28 Yan da 16:14

16-10-Oqim talabalari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi bo’lib o’tadigan kunlar jadvali

30.10.2024

Aloqa uchun

sam-koica@mail.ru
+99866 221 72 62
Samarqand shahri, Spetamen ko’chasi 264a
Facebook
YouTube
Telegram

© Samarqand kasb-hunarga o’qitish markazi