✅2023 yil 26-yanvar kuni Samarqand shahar kasb-hunar maktabida harbiy xizmatdan qaytgan, harbiy xizmatchilarning oila a‘zolarini kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta‘minlashga ko‘maklashish maqsadida Samarqand viloyati Bandlik bosh boshqarmasi tomonidan Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o’tkazildi.
✅Ushbu yarmarkaga Samarqand ishsizlarni kasb-hunarga o’qitish markazi jamoasi ham o’zining ijodiy ishlari va ko’rgazmalari bilan faol qatnashdi.
✅Yarmarkaga tashrif buyurgan fuqarolarga markaz faoliyati haqida ma’lumotlar berildi va yoshlarni qiziqtirgan savollariga to’liq javob berishdi.





