Samarqand shahridagi kasb-hunarga o’qitish markaziga 2021 yil 3 mart kuni Vazirlar Mahkamasining ishchi guruhi, viloyat hokimining o’rinbosari, Bandlik bosh boshqarmasi boshlig’i va tegishli mutasaddi rahbarlar tashrif buyurdi.
Tashrif chog’ida ishchi guruh a’zolari va rahbarlar markazda ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o’rgatish bo’yicha yaratilgan shart-sharoitlar va markaz faoliyati bilan yaqindan tanishdi, talabalar bilan suhbatlashishdi, ular tomonidan tayyorlangan ijodiy ishlarni ko’zdan kechirishdi va o’z fikr-mulohazalarini bildirishdi.