Bayroq
Gerb
Oʻzbek
РусскийEnglish
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
    • E’lonlar
  • Ochiq ma’lumotlar
    • Korrupsiyaga qarshi kurashish
    • Ichki idoraviy hujjatlar
    • Ochiq ma’lumotlar
    • Hisobotlar
  • Markaz
    • Rahbariyat
    • O’quv kurslari
      • Avtomaktab
      • Til o’qitish markazi
      • Boshqa kurslar
      • BEPUL VIDEO KURSLAR
    • Axborot resurs markazi
    • SAMARQAND STARTAP INKUBATOR MARKAZI (SSIC)
    • Yotoqxona
    • Oshxona
    • Foto galereya
    • Video galereya
    • Loyihalar
  • Yo’nalishlar
    • Axborot texnologiyalari
    • Avtomobillarni ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko’rsatish
    • Elektronika va asbobsozlik
    • Payvandlash va chilangarlik ishlari
    • KOMPYUTER GRAFIKASI VA MUTIMEDIYA TIZIMLARI
    • Mashinasozlik
  • Aloqa
  • Qabul 2025

САМАРҚАНД ШАҲРИДАГИ КАСБ-ҲУНАРГА ЎҚИТИШ МАРКАЗИ ҚАБУЛ ЭЪЛОН ҚИЛАДИ

Posted on 01.02.2022
blank

O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “O’zbekistonda kasb-hunarga o’qitish imkoniyatlarini rivojlantirish” loyihasi doirasida Koreya Xalqaro Ҳamkorlik Agentligi (KOICA) ishtirokida tashkil etilgan Samarqand  ishsizlarni kasb-hunarga o’qitish markaziga o’quvchilar qabul qilinadi.

      Markazda ishsiz va band bo’lmagan fuqarolarni kasb-hunarga o’qitish quyidagi kasblar bo’yicha bepul amalga oshiriladi:  

  1. Avtomobillarni ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko’rsatish bo’yicha texnik-mexanik (avtoslesarlar, motoristlar, avtoelektriklar, avtomobillar diagnostikasi bo’yicha mutaxassislar).
  2. Payvandlash ishlari mexanik-texnigi (elektryoyida, avtomat va yarimavtomatda (kepmomat), gaz alangasi yordamida, argon (volfram elektrod) da payvandlovchilar, santexniklar, chilangarlar va metallarga ishlov berish mutaxassislari).
  3. Elektron texnikalarni montaj qilish va sozlash texnigi (elektromontaj ishlari, elektr yuritmalarining elektr cho’lg’amlarini o’rash, dasturiy mantiqiy kontrollerlar (PLC), sanoat elektromontaji va boshqaruvi, elektrotexnika komponentlari, maishiy texnikalarni ta’mirlovchi va ularga texnik xizmat ko’rsatuvchi ustalar).
  4. 4. Elektromontyor (elektr tarmoqlari releli himoyasi va avtomatika jihozlariga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash bo’yicha elektromontyor).
  5. Kompyuter injiniringi texnigi (Axborot texnologiyalari) (Web dasturchilar, kompyuterlarga texnik xizmat ko’rsatuvchi ustalar, tarmoq operatorlari, videokuzatuv moslamalarini o’rnatuvchilar va ularga texnik xizmat ko’rsatuvchilar, ofis ishlari operatori, 1C buxgalteriya, SMM marketingini yurutuvchilar, video va fotomontajchilar, reklama gif animatorlari).
  6. Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chikarish jixozlari va ularni avtomatlashtirish (tokar, frezerlovchi, texnik-texnolog, keng profilli dastgohchi, sonli dasturli boshqarish stanoklari, avtomatik va yarim avtomatik tizimlar operatori).
  7. Kompyuter grafikasi va multimediya tizimlari texnigi (tashqi reklamalar dizayneri, mock-up dizaynerlar, qadoqlash mahsulotlari dizayneri, chop etiladigan reklama obyektlari dizayneri, tekstil sohasidagi dizaynerlar, 3D modellar dizayneri, Web dizayner, fotograf, fotomantajchi, videomontaj ustasi, lanshaft dizayneri, interyer va eksteryer dizaynerlar, qurilish obektlarini maxsus dasturlarda loyihalovchi dizaynerlar, reklama sohasida ishlatiladigan uskunalar operatori).

 Markazda kasb-hunarga o’qish muddati 8 oy, shundan Markazda o’qish – 6 oy, korxonalarda ishlab chiqarish amaliyoti – 2 oy. Bitiruvchilarga egallagan kasbi (mutaxassisligi) bo’yicha mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi davlat namunasidagi diplom beriladi.

Markazda o’qish uchun o’zingiz yashaydigan tuman (shahar) Aholi Bandligiga Ko’maklashish Markaziga murojaat qiling. ABKM yo’llanmasi va uch tomonlama shartnomasini olganingizdan keyin markazga  quyidagi hujjatlarni topshirasiz:

  1. Ariza (markazda yoziladi).
  2. Pasport nusxasi (pasport asl nusxasi ko’rsatiladi).
  3. Ma’lumotini tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi  (attestat yoki diplom).
  4. ABKM tomonidan berilgan yo’llanma.
  5. Ishga joylashtirish bo’yicha uch tomonlama (ish beruvchi, tuman (shahar) Bandlikka ko’maklashish  markazi va jismoniy shaxs) shartnoma nusxasi.
  6. 0-86 U shaklidagi tibbiy ma’lumotnoma.
  7. 3,5 x 4,5 sm o’lchamdagi 4 dona rangli fotosurat.

  *Hujjatlar 2023 yilning 1 fevraldan 15 martgacha  qabul qilinadi. O’qish 27 martdan boshlanadi.

 

   * Manzil: Samarqand shahar, Spitamen ko’chasi, 264a uy (Mo’ljal Superxoddog qarshisida).

    Murojaat uchun telefonlar: +99866-221-73-62 /+99866-221-72-62 / +99890-251 41 45.

   Web sayt: www.samarkand-vtc.uz   e-mail: sam-koica@mail.ru.

Avvalgi maqola
Samarqand shahridagi kasb-hunarga o’qitish markazi, Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish bo’limidagi o’quv amaliyot jarayonidan foto lavhalar.
Keyingi maqola
Россия Федерациясининг ООО “ГЛАВСТРОЙ – СПб” қурилиш компанияси

Yangi maqolalar

  • Qabul 2025-yil 2-mavsum 28.01.2025
  • 16-10-Oqim talabalari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi bo’lib o’tadigan kunlar jadvali 30.10.2024
  • Ish e’loni 26.04.2024
  • 15-9-Oqim talabalari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi bo’lib o’tadigan kunlar jadvali 24.04.2024
  • 15-9-Oqim talabalari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi namunaviy savollari 20.04.2024

Bo'limlar

  • Chora-Tadbirlar (4)
  • elonlar (6)
  • Yangiliklar (231)
blank

Samarqand kasb-hunarga o’qitish markazi

I am raw html block.
Click edit button to change this html

So’nggi yangiliklar

Qabul 2025-yil 2-mavsum

28 Yan da 16:14

16-10-Oqim talabalari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi bo’lib o’tadigan kunlar jadvali

30.10.2024

Aloqa uchun

sam-koica@mail.ru
+99866 221 72 62
Samarqand shahri, Spetamen ko’chasi 264a
Facebook
YouTube
Telegram

© Samarqand kasb-hunarga o’qitish markazi