KOICA VITSE PREZIDENTI JANOB HONG-SEOK-HWANING BITIRUV TADBIRIGA TASHRIFI
✅ 2025-yilning 19-may kuni Samarqand viloyati kasbiy ko’nikmalar mintaqaviy markazi 17-oqim talabalarining bitiruv tadbiriga KOICA vitse presidenti janob Hong Seok-Hwa tashrif buyurdi.
✅ Faxrli mehmonlarni respublika Kasbga oʻqitish va malakani baholash faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig’i T. Maxamatxo‘jayev , Markaz direktori Professor I. Ergashev, Koreyadan tashrif buyurgan volontyor ustozlar va markaz talabalari tomonidan tantanali kutib olindi.
✅ Tashrif vaqtida mehmonlar markaz faoliyati va o’quv jarayonlari bilan to’liq tanishdilar. Shu bilan birga, KOICA vitse prezidenti markazda qo’shma dasturlar bilan ham tanishdilar.
✅ Koica vitse prezidenti va Vazirlik vakili tomonidan talabalarga diplomlar topshirildi. Mehmonlar bitiruv tadbirida so’zga chiqib, talabalarga o’z ezgu tilaklarini bildirishdi.
✅ Mehmonlar tadbirda talabalar tomonidan tayyorlangan Portfoliolarni va badiiy chiqishlarni tomosho qildilar.
Murojaat uchun telefonlar: +99866-221-72-62 / +99866-221-73-62 / +99890-251 41 45
Telegram bot: @ikoicabot / Telegram kanal: https://t.me/samarkandvtc / Veb sayt: https://samarkand-vtc.uz
E-mail: sam-koica@mail.ru.