2022-yil 15-aprel kuni Samarqand viloyat umumiy o’rta ta’lim maktab bitiruvchilari oʻz iqtidori va qiziqishlariga mos kasbni tanlash maqsadida Samarqand ishsizlarni kasb-hunarga o’qitish markazi faoliyati bilan tanishish uchun tashrif buyirishdi.
Tashrif chog’ida bitiruvchi o’quvchilar Markaz faoliyatidagi imkoniyatlar va shart sharoitlarga yuqori darajada qiziqish bildirishdi va kasblarga oid o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdilar.
Tashrif so’ngida, o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va hayotda o‘z o‘rinlarini topishda ko‘maklashish maqsadida, Samarqand viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi va Markaz o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.