+998 (66) 221 72 62 sam-koica@mail.ru Samarqand sh. Spitamen ko'chasi 264a

“O’qituvchilar uchun Malaka oshrish dasturining” ochilish marosimi bo’lib o’tdi

O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosobatlari vazirligi va Koreya Xalqaro Hamkorlik Agentligi (KOICA) bilan hamkorlikda “Farg’ona kasb hunarga o’qitish markazi” tashkil etilmoqda. Loyiha doirasida markaz o’qituvchilarni kasblari bo’yicha malakasini oshirish rejalashtirilgan edi.

Farg’ona markazining Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish va Axborot Texnologiyalari bo’limi o’qituvchilarning malaka oshirish kurslari markazimizda tashkil etilmoqda. Shu munosobat bilan 2021 yil 31 may kuni markazda “O’qituvchilar uchun Malaka oshrish dasturining” ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Marosimda Koreyalik mutaxsislar Park Chul Su,Park Jong Yup,Lee Hyeung Jun,Kim Dae Ho, You Yae Jin, Markaz direktori Ismoil Ergashev va Farg’onadan kelgan o’qituvchilar qatnashidi.

Marosimda dastur menejeri janob Park Chul Su so’zga chiqib Kurs tinglovchilariga malaka oshirish dasturini muvaffaqiyatli o’qib tugatishga omad tiladi. Markazda Koreyalik mutaxasislar va kurs tinglovchilari uchun hamma sharoitlar yaratilgan. Kurs muddati 3 oy bo’lib, 2021 yil 26 avgust kuni tugaydi.