Koronavirus pandemiyasi davrida barcha ta’lim muassasalarida o`qishlar masofaviy tarzda tashkil etilishi belgilangandan so`ng, talabalarga zaruriy bilim va ko`nikmalarni o`z vaqtida berish maqsadida Samarqand kasb-hunarga o`qitish markazida ham masofaviy ta’lim bo`yicha o`quv jarayoni yo`lga qo`yildi.
Markazda dastlab Moodle LMS elektron o’quv platformasi tashkil qilindi. Tizimda ishlash ko’nikmalarini hosil qilish maqsadida markaz o’qituvchilari uchun maxsus o’quv kursi tashkillashtirildi, o’quvchilarni tizimga o’rgatish uchun videoroliklar tayyorlandi va ularga yetkazildi. Moodle LMS tizimiga barcha fanlardan elektron resurslar joylashtirildi. Markazda tahsil olayotgan barcha o’quvchilar shaxsini identifikasiya qilgan holda tizimga a’zo qilindi va ular dars jadvallari asosida mashg’ulotlarda masofadan ishtirok eta boshladilar.
Markazda olti oy mobaynida o’quv dasturlarini to’liq o’tgan, karantin tufayli Davlat Attestasiyalarini topshira olmay qolgan bitiruvchilarning yakuniy davlat imtihonlarini ham yangi elektron tizim orqali tashkil qilindi. Davlat attestasiyalarini sifatli o`tkazish maqsadida masofaviy Moodle LMS tizimi orqali tashkil etish bo`yicha test savollari tayyorlandi, o’quvchilarni yangi tizimga ko’niktirish bo’yicha ham zaruriy choralar ko`rildi.
Talabalarga qulaylik yaratish maqsadida Moodle LMS tizimida yuzaga keladigan savol va muamolarni bartaraf qilishga qaratilgan bo`limlarda telegram kanalari ham o`z faoliyatini olib bormoqda.
Markazimizning ijtimoiy tarmoqlari, xususan telegram tarmog`i orqali ma’lumotlarni kunlik yetkazib berish yo`lga qo`yilgan. Bunda biror-bir talaba karantin vaqtida jarayondan chetda qolmasligi, markaz bilan doimo bog`lanib, aloqada bo`lib turishi e’tiborga olingan.
Loyiha doirasida qilinayotgan ishlar to`g`risida Koreyaning Keimyung College University professor o`qituvchilari va markaz o`qituvchilari o`rtasida ZOOM platformasi orqali onlayn uchrashuvlar tashkil qilinmoqda.
Umuman aytganda, karantin sharoitida ham markazda barcha yo’nalishlarda ishlar faol ravishda davom ettirilyapdi.