Samarqand shahridagi kasb-hunarga o`qitish markazida O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, KOICA (Koreya Xalqaro Hamkorlik Agentligi) va Koreyaning Keimyung Kollej Universiteti o`rtasida Anglashuv Memorandumi imzolandi.
Anglashuv memarandumiga asosan 3 yil muddatga mo`ljallangan qiymati 1 100 000 AQSH dollari miqdorida loyiha olishga erishildi. Loyiha doirasida Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarish jihozlari va ularni avtomatlashtirish yo’nalishi tashkil etildi.
Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarish jihozlari va ularni avtomatlashtirish yo’nalishi tashkil etish bo’yicha markazning 2 nafar o’qituvchisi Koreyaning Keimyung Kollej Universitetining mashinasozlik yo’nalishi bo’limiga 1 oy davomida o’z malakalarini oshirib qaytishdi. Ushbu yo’nalishning O’quv normativ hujjatlarini shakillantirishda Koreyalik professor o’qituvchilar va hududiy korxona vakillaridan iborat bo’lgan kengash tuzilib, o’zaro hamkorlikda kelishgan holda ishlab chiqishga erishildi.
Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarish jihozlari va ularni avtomatlashtirish yo’nalishiga 2019 yil sentyabr oyidan jami 30 nafar talabalar o’qishga qabul qilindi va nazariy, amaliy mashg’ulot darslari o’tila boshladi
Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarish jihozlari va ularni avtomatlashtirish yo’nalishiga 2019- yil uchun mo’ljallangan jihozlar jumladan 1 ta tokarlik mashinasi qo’shimcha jihozlari bilan, 1ta frezalash mashinasi qo’shimcha jihozlari bilan, metallarga ishlov berishdan oldin va keyin foydalanish uchun o’lchov asboblar to’plami va detallarni aniqlikda tekshirishga mo’ljallangan uskunalar to’plami Koreyadan keltirildi.
“SAM FERRE” xususiy korxonasi va Keimyung Kollej Universiteti bilan hamkorlik memorendumi imzolandi.
Loyiha raxbari janob Sang – Seog, Lee bilan Samarqandda joylashgan “STEKLOPLASTIK” korxonasi o’rtasida Mashinasozlik yo’nalishi bo’yicha memorendum imzolandi.
Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarish jihozlari va ularni avtomatlashtirish yo’nalishi talabalari uchun Koreyaning Keimyung Kollej Universitetining professor o’qiruvchilari bilan birgalikda metallarga ishlov berish o’quv qo’llanmaning 1- qismi to’liq ishlab chiqildi.
Qabul qilingan talabalar darsdan tashqari to’garak jarayonlarida kichik hajmdagi ijodiy ishlar tayyorlandi. Talabalarni o’zlashtirishi va kelajagda o’z ish o’rinlariga ega bo’lishlari maqsadida talabalardan so’rovnomalar olindi.
Shuningdek Markaz bo’lim o’qituvchilari tomonidan mashinasozlikda tahsil olayotgan talabalarni Samarqandda joylashgan quyidagi korxona va tashkilotlarga, Elxolding, Stekloplastik, Sam Ferre, va Urgut erkin iqtisodiy zonalariga bir kunlik tanishuv amaliyotlarini (ekskursiya) tashkillashtirildi.