Ushbu bo’limni bitiruvchilariga mashinasozlik texnik – texnolog, keng profilli dastgohchi, sonli dasturli boshqarish stanoklari avtomatik va yarim abtomatik tizimlari operatori kasbini egallaganligi haqidai davlat namunasidagi diplom beriladi.
O’qitiladigan fanlar:
Bo’limda metallarga ishlov berishda qo‘llaniladigan turli xil kesgichlar, detallar, o’lchov asboblari, yig’ish usullari, tekshirish usullari, materiallarning turlari, mashinaning qo’shimcha qurilmalari, metallarga ishlov berish mashinalarining sxemalari, metallarga ishlov berish (tokarlik, frezalash va parmalash) ishlari, jilvirlash ishlari, Raqamli boshqarish mashinalari (RBM), Avtomatlashtirilgan tizim loyihasi CAD/CAM dasturlash, sifat nazorat usullari, chizmalarni chizish va o’qish, tokarlik va freza (RBM) mashinalarini boshqarish usullari, 2D va 3D detallarda ishlash bo’yicha ko’nikmalar beriladi.
Siz bu kasbda Metallarga ishlov berish (takarnik, frezalash va parmalash ishlari) Chilangarlik ishlari, Rakamli dasturli boshkarish dastgoxi (CNC) mashinalarda ishlash ko’nikmasini, Avtomatlashtirilgan tizim loyxasi CAD/CAM dasturlash bo’yicha amaliy ishlar, shu bilan birgalikda Solid Works va Auto CAD dasturlari bo’yicha bilimlarga ega bo’lasiz va mustaqil ravishda respublikamizda joylashgan nufuzli korxonalar (JV MAN Auto Uzbekiston MCHJ QK, “Uz Auto Trailer” MChJ, Samarqand Avtomobil zavodi MChJ, Standart Samarqand business MCHJ, OOO “STEKLOPLASTIK, SAM-FERRE» XK, “NPO ELXOLDING” MCHJ ) va boshqa katta-kichik sanoat korxonadlarida o’z ish faoliyatingizni olib borishingiz mumkin. Darslar Koreyalik mutaxassislar hamda Koreya Respublikasida malaka oshirib kelgan o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi.
O‘qish muddati 8 oy. 6 oy auditoriyada, 2 oy ishlab chiqarish amaliyoti
Qabul: Yiliga 2 marta.
Yozgi: Iyul-avgust Qishki: Yanvar-fevral
Boshqa viloyatlar va uzoq tumanlardan kelgan talabalar yotoqxona bilan ta‘minlanadi