+998 (66) 221 72 62 sam-koica@mail.ru Samarqand sh. Spitamen ko'chasi 264a

Markaziy bank Samarqand viloyati bosh boshqarmasi tashabbusi bilan Samarqand shahridagi 1-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari kasblarga o’qitilmoqda

O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki Samarqand viloyat bosh boshqarmasi tashabbusi bilan Samarqand shahridagi kasb-hunarga o’qitish markazida Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini kasblarga o’qitish yo’lga qo’yildi. Buning uchun Markaziy Bank va viloyatdagi tijorat banklar tomonidan markazga 53 mln 541 ming so’mlik  homiylik mablag’lari yo’naltirildi.

Ushbu mablag’lar hisobidan Samarqand shahridagi 1–son Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari Axborot texnologiyalari, «В», «ВS» toifali haydovchilik kurslarida o’qitish tashkil qilindi. Jumladan, Adobe Photoshop kursiga 22 nafar tarbiyalanuvchi ta’lim oldi. Bugun ularga kursni tomolaganliklari to`grisida davlat namunasidagi sertifikatlar topshirildi.

Talabalarning olgan bilim va ko`nikmalarini sinash maqsadida ulardan so`rovnomalar olindi. So`rovnomalarda tarbiyalanuvchilar kelgusida yana shunday kurslarda o`qishi kerakligini bildirishdi. Kasb-hunarga o`rgatishda ko`rsatgan yordamlari  uchun viloyat  bank tizimi rahbar va xodimlariga hamda  Samarqand shahridagi kasb-hunarga o’qitish markazi jamoasiga o`z minnadorchiligini bildirishdi. Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini boshqa ishchi kasblarga ham o’qitish bo’yicha kelishib olindi. Ushbu xayrli ish davom ettiriladi.