O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki Samarqand viloyat bosh boshqarmasi tashabbusi bilan Samarqand shahridagi kasb-hunarga o’qitish markazida Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini kasblarga o’qitish yo’lga qo’yildi. Buning uchun Markaziy Bank va viloyatdagi tijorat banklar tomonidan markazga 53 mln 541 ming so’mlik homiylik mablag’lari yo’naltirildi.
Ushbu mablag’lar hisobidan Samarqand shahridagi 1–son Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari Axborot texnologiyalari, «В», «ВS» toifali haydovchilik kurslarida o’qitish tashkil qilindi. Jumladan, Adobe Photoshop kursiga 22 nafar tarbiyalanuvchi ta’lim oldi. Bugun ularga kursni tomolaganliklari to`grisida davlat namunasidagi sertifikatlar topshirildi.
Talabalarning olgan bilim va ko`nikmalarini sinash maqsadida ulardan so`rovnomalar olindi. So`rovnomalarda tarbiyalanuvchilar kelgusida yana shunday kurslarda o`qishi kerakligini bildirishdi. Kasb-hunarga o`rgatishda ko`rsatgan yordamlari uchun viloyat bank tizimi rahbar va xodimlariga hamda Samarqand shahridagi kasb-hunarga o’qitish markazi jamoasiga o`z minnadorchiligini bildirishdi. Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini boshqa ishchi kasblarga ham o’qitish bo’yicha kelishib olindi. Ushbu xayrli ish davom ettiriladi.