3-avgust kuni Samarqand ishsizlarni kasb-hunarga o’qitish markazi va startap inkubator markazi rezidentlari uchun AT Xalq bankining Samarqand viloyat amaliyot filiali kredit bo’limi mutaxassislari “Yakka tartibdagi tadbirkorlikni tashkil etishda davlat subsidiyalari va imtiyozli kreditlardan foydalanish tartibi” mavzusida seminar bo’lib o’tdi. Seminar ishtirokchilariga kredit olish shartlari, imtiyozlari, davlat subsidiyalari to’g’risidagi yangiliklar, tadbirkorlik ishlarini tashkil etish va uni moliyalashtirish kabi zaruriy tushunchalar berib o’tildi. Seminar ishtirokchilarda katta qiziqish uygotdi va qizgin savol-javoblar bilan davom etdi.