2021-yil 11-noyabr kuni Samarqand shahridagi kasb-hunarga o’qitish markazida maktab bitiruvchilari uchun ekskursiya bo‘lib o‘tdi. Ekskursiya davomida Samarqand shahridagi kasb-hunarga o’qitish markazi direktori va xodimlari o’quvchilarga Markaz faoliyati va imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.
O’quvchilar Markaz faoliyatidagi imkoniyatlar va shart sharoitlarga yuqori darajada qiziqish bildirishdi hamda ekskursiya so‘ngida kasblarga oid o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdilar.