Bayroq
Gerb
Oʻzbek
РусскийEnglish
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
    • E’lonlar
  • Ochiq ma’lumotlar
    • Korrupsiyaga qarshi kurashish
    • Ichki idoraviy hujjatlar
    • Ochiq ma’lumotlar
    • Hisobotlar
  • Markaz
    • Rahbariyat
    • O’quv kurslari
      • Avtomaktab
      • Til o’qitish markazi
      • Boshqa kurslar
      • BEPUL VIDEO KURSLAR
    • Axborot resurs markazi
    • SAMARQAND STARTAP INKUBATOR MARKAZI (SSIC)
    • Yotoqxona
    • Oshxona
    • Foto galereya
    • Video galereya
    • Loyihalar
  • Yo’nalishlar
    • Axborot texnologiyalari
    • Avtomobillarni ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko’rsatish
    • Elektronika va asbobsozlik
    • Payvandlash va chilangarlik ishlari
    • KOMPYUTER GRAFIKASI VA MUTIMEDIYA TIZIMLARI
    • Mashinasozlik
  • Aloqa
  • Qabul 2025

“Kasbiy Ko‘nikmalar” bo’yicha ilk tanlovi o’tkazildi.

Posted on 28.02.2019
blank

Markazda 2019 yilning 25 fevral kuni O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda KOICA (Koreya xalqaro hamkorlik agentligi) tashabbusi bilan vazirlik tasarrufidagi kasb-hunarga o’qitish markazlari o’quvchilari o’rtasida ilk marotaba “Kasbiy Ko‘nikmalar” bo’yicha ilk tanlovi o’tkazildi.

blank

Musobaqa maqsadi – o’quv markazlaridagi ta’lim sifatini oshirish, o’quv-tarbiya jarayonini, o’qituvchilarning Pedagogik mahoratini takomillashtirish, ular tomonidan qobiliyatli o’quvchilar bilan aniq maqsadga yo’naltirilgan yakka tartibdagi ishlarni o’tkazish, o’quvchilarning iste’dodi va ijodiy qobiliyatini namoyon qilishga shart-sharoit yaratish hamda xalqaro kasbiy ko’nikmalar tanlovida ishtirok etish uchun nomzodlarni shakllantirishdan iboratdir.

Tanlovda Toshkent, Samarqand va Shahrisabz shaharlaridagi kasb-hunarga o’qitish markazlarining jami 3 ta guruhi quyidagi to’rt yo’nalish bo’yicha kasbiy ko’nikmalarini sinovdan o’tkazdi:

  1. Avtomobillarni ta’mirlash va Texnik xizmat ko’rsatish.
  2. Elektr va elektronika.
  3. Payvandlash ishlari Texnigi.
  4. Axborot texnologiyalari.

blank

 

blank

 

blank

blank

Tanlov jarayonlarini KOICA ko’ngilli o’qituvchilari va tegishli tashkilotlarning mas’ul vakillaridan iborat nufuzli hakamlar hay’ati baholab bordi. Tanlov doirasida, shuningdek, guruh o’quvchilari tomonidan yaratilgan turli texnologik ishlanmalar va o’quv markazi faoliyatini yorituvchi  ko’rgazmalar ham tashkil etildi.

Kunning ikkinchi yarmida markaz o’quvchilari tomonidan tayyorlangan badiiy Kecha hamda taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. Tadbirda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o’rinbosari Bahodir Umrzoqov hamda KOICA ning Toshkentdagi ofis direktori Son Song Il bevosita ishtirok etib, yo’nalishlar bo’yicha tanlov g’oliblarini mukofotlashdi.

blank

blank

Ishsiz va band bo’lmagan aholini kasb-hunarga o’qitish markazlari o’rtasida ilk marotaba o’tkazilgan tanlov natijalariga ko’ra umumiy hisobda Samarqand kasb-hunarga o’qitish markazi birinchi o’rinni egalladi. G’olib bo’lgan markazga ramziy G’oliblik bayrog’i topshirildi.

Tadbir yakunida tanlovning barcha ishtirokchilariga homiylar tomonidan esdalik sovg’alari topshirildi.

 

Avvalgi maqola
2019 yilning 25 Fevral kuni MOU (O’zaro anglashuv Memorandumi) imzolash marosimi bo’lib o’tdi.
Keyingi maqola
This Post Looks Beautiful even with Long Interesting Title

Yangi maqolalar

  • Qabul 2025-yil 2-mavsum 28.01.2025
  • 16-10-Oqim talabalari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi bo’lib o’tadigan kunlar jadvali 30.10.2024
  • Ish e’loni 26.04.2024
  • 15-9-Oqim talabalari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi bo’lib o’tadigan kunlar jadvali 24.04.2024
  • 15-9-Oqim talabalari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi namunaviy savollari 20.04.2024

Bo'limlar

  • Chora-Tadbirlar (4)
  • elonlar (6)
  • Yangiliklar (231)
blank

Samarqand kasb-hunarga o’qitish markazi

I am raw html block.
Click edit button to change this html

So’nggi yangiliklar

Qabul 2025-yil 2-mavsum

28 Yan da 16:14

16-10-Oqim talabalari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi bo’lib o’tadigan kunlar jadvali

30.10.2024

Aloqa uchun

sam-koica@mail.ru
+99866 221 72 62
Samarqand shahri, Spetamen ko’chasi 264a
Facebook
YouTube
Telegram

© Samarqand kasb-hunarga o’qitish markazi