Samarqand shahridagi kasb-hunarga o’qitish markaziga 2021 yil 3 mart kuni Samarqand shahridagi IT park rahbarlari tashrif buyurdi.
Tashrif chog’ida mehmonlar markazda ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o’rgatish bo’yicha yaratilgan shart-sharoitlar va markaz faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Hamkorlik ishlarini yo’lga qo’yish bo’yicha kelishib olindi.