Ichki yonuv dvigatellari

Ichki yonuv dvigatellari

Nima uchun ushbu kursni o‘rganish kerak?

Bu kursda zamonaviy avtomobillarda qo’llaniladigan ichki yonuv dvigatellari: krivoship-shatunli va gaz taqsimlash mexanizmlari, sovitish, moylash, ta’minlash tizimlarining vazifasi va ishlash prinsipi hamda ularda yuzaga keladigan nuqsonlarni bartaraf etishni o’rganadilar.

O‘quv kursi o‘z ichiga nimalarni oladi?

Zamonaviy diagnostika qurilmalari: benzinli va dizel dvigatellarining siqish darajasini aniqlovchi qurilmalar, chiqindi gazlarning zaharlilik miqdorini aniqlovchi qurilmalar (dimomer), o’lchov asboblari (shtangensirkul, mikrometr, nutromer, dinamometrik kalitlar va boshqalar), dvigatelni diagnostika qilish asboblari haqida ma’lumotlar.

Kurs sizga nima bera oladi?

Zamonaviy avtomobillarda qo’llaniladigan ichki yonuv dvigatellari, benzinli hamda dizel dvigatellarini farqlay oladi. Dvigatellarning mexanizm va tizimlarida uchraydigan nosozliklarni aniqlash va bartaraf qilish usullarini bilib oladilar. Dvigatellarni diagnostikalash qurilmalarini ishlatish usullarini o’rganadilar.

 

Kurs muddati va vaqtlari:

Darslar haftasiga 3 marta, bir kunda 4 akademik soat miqdorida o’tiladi, darslar soatlari hajmi 36 soatdan iborat.

Dars soatlari: 14:00, 18:00