Elektrpayvandlash (SMAW)
Nima uchun ushbu kursni o‘rganish kerak?
Bu kursda elektr payvandlashning barcha yassi, gorizontal, vertikal, shift va burchak osti holatlarida payvandlashning barcha usullarini o’zgaruvchan va o’zgarmas tok payvandlash mashinalari yordamida payvandlash ishlari bajariladi va payvandlangan materiallarni test sinovidan o’tkazish imkoniyatiga ega. Ushbu kurs bitiruvchilari o’ziga kerak bo’lgan barcha nazariy va amaliy bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladi.
Kurs sizga nima bera oladi?
O‘quv kurs bitiruvchilari elektrpayvandlash haqida to‘liq bilimga ega bo‘ladi, shu bilan birgalikda elektrpayvandlash yo’li bilan yumshoq po’lat plastinalarni har-xil usulda payvandlash ishlarini bajara oladi. O‘quv kursi bitiruvchilariga markaz tomonidan sertifikat beriladi.
Kurs muddati va vaqtlari:
Darslar haftasiga 3 marta 2 soatdan o‘tiladi. Darslar umumiy 36 soatdan iborat.
Darslarning boshlanish vaqti: 14:00, 16:00, 18:00