DASTURLANUVCHI MANTIQIY KONTROLLERLAR (PLC)
DASTURLANUVCHI MANTIQIY KONTROLLERLAR (PLC)
Nima uchun ushbu kursni o‘rganish kerak?
Industrial jamiyatning taraqqiyoti har bir ishlab chiqarish jarayonining miqyosan kattaroq, jadalroq va murakkabroq, boshqaruvchi tizimlarning ko’plab shakllarini talab qiluvchi bo’lishiga olib keldi. Shu kunga qadar avtomatizasiya bo’yicha boshqaruvchi tizimlar bog’lanish sxemasiga qarab rele, kontroller, taymer, hisoblagich kabi tegishli elektron tarkibiy qismlar bilan bog’liq edi, bu esa simlarni o’tkazish jarayonidagi qiyinchiliklar, ketma-ketliklarni boshqarish uchun hajm miqdori, shuningdek, simlarni o’tkazishda ishning tezligi singari muammolarni keltirib chiqarardi. Ushbu muammolarni anglagan holda dasturlanuvchi mantiqiy kontrollerlarni (PLC) o’rganish zarur bo’ladi.
O‘quv kursi o‘z ichiga nimalarni oladi?
PLC- Dasturlanuvchi mantiqiy kontroller haqida tushunchaga ega bo’lish; qurilmalarni PLC asosida boshqarish va avtomatlashtirish; GX Developer dasturida dasturlar tuzish; MITSUBISHI PLC kontrollerlaridan foydalanish; PLC- Dasturlanuvchi mantiqiy kontroller asosida turli qurilmalarni boshqarish amaliyotiga ega bo’lish.
Kurs sizga nima bera oladi?
Zamonaviy electron avtomatik boshqaruv usullarini amalda egallaydilar. Funksiyalarni keng miqyosda tanlash, dasturning yuqori funksionalligi (boshqaruv sxemasini loyihalash oson kechishi), boshqaruvda soddalik, texnikaviy xizmat ko’rsatish osonligi va elektr uskuna va quyilmalarni qo’llash ko’nikmasiga ega bo’ladilar. Dasturlanuvchi mantiqiy kontrollerlar (PLC) kursi bo’yicha sertifikatga ega bo’ladilar.
Kurs muddati va vaqtlari:
Darslar haftasiga 3 marta, bir kunda 4 akademik soat miqdorida o’tiladi, darslar soatlari hajmi 36 soatdan iborat.
Dars soatlari: 14:00, 18:00