Avtomobillarning kuch uzatmalari va boshqarish mexanizmlari

Avtomobillarning kuch uzatmalari va boshqarish mexanizmlari  

Nima uchun ushbu kursni o‘rganish kerak?

Bu kursda zamonaviy avtomobillarning kuch uzatmalari va boshqaruv mexanizmlari: ilashish muftasi, uzatmalar qutisi, taqsimlash qutisi, differnsial va yarim o’qlar, tormoz tizimi va rul yuritmalarining vazifasi va ishlash prinsipi hamda ularda yuzaga keladigan nuqsonlarni bartaraf etishni o’rganadilar.

O‘quv kursi o‘z ichiga nimalarni oladi?

Zamonaviy diagnostika qurilmalari: transmissiya tarkibiga kiruvchi uzellarning ishlash prinsipi, boshqarish mexanizmlarining tuzilishi va ishlash prinsipi, avtomobil g’ildiraklarining og’ish burchaklarini aniqlovchi (CARPER – CCD 525 markali razval sxojdeniya) testerlarni ishlatish, g’ildiraklarni muvozanatlash hamda qismlarga ajratish va yig’ish qurilmalari, podshipnik hamda osmalarning prujinalarini ajratuvchi qurilmalar haqida ma’lumotlar.

Kurs sizga nima bera oladi?

Zamonaviy avtomobillarning kuch uzatmalari va boshqaruv mexanizmlarining ishlash prinsipi va ularning nosozliklarni aniqlash va bartaraf qilish usullarini bilib oladilar. avtomobil g’ildiraklarining og’ish burchaklarini aniqlovchi (CARPER – CCD 525 markali razval sxojdeniya) testerlarni ishlatish, g’ildiraklarni muvozanatlash hamda qismlarga ajratish va yig’ish qurilmalari, podshipnik hamda osmalarning prujinalarini ajratuvchi qurilmalarni ishlatish usullarini o’rganadilar.

Kurs muddati va vaqtlari:

Darslar haftasiga 3 marta, bir kunda 4 akademik soat miqdorida o’tiladi, darslar soatlari hajmi 36 soatdan iborat.

Dars soatlari: 14:00, 18:00