+998 (66) 221 72 62 sam-koica@mail.ru Samarqand sh. Spitamen ko'chasi 264a

АНО ДПО “УЧЕБНЫЙ ЦЕНТР №10” tashrifi

2021 – yilning 30-iyun kuni markazga Kuznetsova Svetlana Alekseevna boshchiligidagi “АНО ДПО “УЧЕБНЫЙ ЦЕНТР №10” nodavlat tashkilotining ishchi  xodimlaridan iborat Rossiyalik mehmonlar tashrif buyurdi.

Mehmonlarning markazga tashrifi Tashqi Migratsiya Agentligining Samarqand viloyat hududiy agentligi tamonidan tashkil etildi.

Mehmonlar markaz jamoasi taominidan samimiy kutib olindi.Markaz direktori I.Ergashev mehmonlarni markaz faoliyati va kasb o’rganuvchilar uchun markazda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirdi.

Tashrif davomida ushbu tashkilot bilan kelajakda yaqin hamkorlikni yo’lga qo’yish va hamkorlik doirasida ushbu tashkilot orqali Rossiyaga ishlash uchun ketuvchi O’zbekiston fuqoralarni kasbga va rus tiliga o’qitish kelishib olindi. Mehmonlar markaz jamoasiga samimiy qabul uchun o’z minnatdorchiliklarni bildirishdi.