2021 yil 2 avgustdan boshlab, O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligiga qarashli “Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi”ning mas’ul xodimlari, Samarqand startap inkubator markazi tomonidan Samarqand shahridagi kasb-hunarga o’qitish markazining talabalariga tadbirkorlik bo’yicha qisqa muddatli o’quv mashg’ulotlarini olib borilmoqda.
Talabalar faqat tadbirkorlik sir-asrorlarini o’rganib qolmasdan biznes reja tuzish, tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish va uni rivojlantirish, davlatimiz tomonidan berilayotgan imtiyozlar, soliq va buxgalteriya ishlarini yuritish kabi bilim va konikmalarini shakillantirmoqda.