✅2022-yilning 28-dekabr sanasida Samarqand ishsizlarni kasb-hunarga o’qitish markazining faollar zalida Markaz xodimlari ishtirokida yil yakuni bo’yicha sarhisob (SWOT analiz) bo’lib o’tdi.
✅2022-yil yakuni bo’yicha markaz direktori professor I.Ergashev Markazda bajarilgan ishlar yuzasidan markazning yutuqlari, kamchiliklari va kelgusi rejalari haqida prezentasiya qilib markaz xodimlariga ma’lumot berdi.
✅Markaz direktori, yig’ilish so’ngida oldimizga qo’yilgan maqsadlar va 2023 yilda rejalashtirilgan ishlar yuzasidan qattiq ishlashimiz lozimligini takidlab va bu maqsadlarga albatta erishishligimiz kerakligi haqida to’xtalib o’tdi. Markaz xodimlari bir ovozdan qo’llab quvvatladi.





