2022 yil 17-fevral sanasida Samarqand ishsizlarni kasb-hunarga o’qitish markaziga viloyat Bosh boshqarma boshlig’i N.Sulaymonov hamrohligida Tojikiston Respublikasi mehnat, migrasiya va aholi bandligi vazirining 1-o’rinbosari Raxmonzoda Abdulg’affor Aziz boshchiligidagi Tojikiston Respublikasi delegasiyasi tashrif buyurdi.
Delegasiya ishtirokchilariga markazda yaratilgan shart-sharoitlar, o’quv dasturlari va elektron kutubxona to’g’risida ma’lumotlar berildi.
Delegasiya ishtirokchilari o’zlarini qiziqtirgan savollariga to’liq javob olishdi.