Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyati Bandlik bosh boshqarmasi, 1- oktyabr O‘qituvchi va murabbiylar kuni umumxalq bayrami munosabati bilan «Ustozlarga ehtirom» mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etdi.
Tadbirda markaziy studiyadan davlat va jamoat arboblari , vazirlik markaziy apparati, viloyat Bandlik bosh boshqarmasi, tasarrufiy tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Shu munosabat bilan ko‘p yillik mehnati va o‘z xizmat vazifalarini sidqidildan bajarayotgan bir guruh Samarqand shahridagi kasb-hunarga o’qitish markazi o’qituvchi xodimlari Hamidov Abdulqodir G’aybullayevich, Sidikov Anvar Norboyevich, Xayitov Elyor Kaxarovich va Mamatqulov Olmos Baxodir o’g’li Samarqand viloyati Bandlik boshqarmasi tomonidan taqdirlandi.