2021 yil 10 avgustda Samarqand shahridagi kasb-hunarga o’qitish markaziga Tojikiston Respublikasi Mehnat, migratsiya va aholi bandligi vaziri Shirin Amonzoda hamda O’zbekisto Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o’rinbosari Muxitdinov Erkin Madorbekovich boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Toshkent shahridagi «Ishga marhamat» monomarkazi direktori Nodira Umarova, Toshkent shahridagi kasb-hunarga o’qitish markazi direktori Jamshed Valiyev, Samarqand Bandlik bosh boshqarma boshlig’i Isroil Jabborov va bir nechta mutasaddi rahbarlar hamrohligida mehnat va aholi bandligi sohasida kasb-hunarga o’qitish markazida yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildilar.
Mehmonlar markaz talabalari bilan yaratilgan imkoniyatlar, kelajakdagi rejalari haqida suhbatlashishdi. Markazda mavjud kasblar bo’yicha o’quv ustaxonalari, laboratoriyalar va Startap Inkubator markazi bilan yaqindan tanishdilar.
Startap Inkubator markazi rezidentlarining loyihalari, tadbirkorlik sohasidagi hozirgi vaqtdagi faoliyati va kelajakdagi rejalari haqida suhbatlashdilar.
Delegatsiya tashrifi markaz o’qituvchilar va talabalarda iliq taasurotlar uyg’otdi.