Samarqand kasb hunarga o’qitish markazida 2021 yilning 25, 26 – iyun kunlarida “Samarqand viloyatida Startap Ekomuhitini rivojlantirish: muommolarn va yechimlar” mavzusidagi netvorking seminari bo’lib o’tdmoqda. Uchrashuv Samarqand viloyat hokimligi, Samarqand Bandlik bosh boshqarmasi, Innovatsion rivojlanish hududiy boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil qilindi.
Seminarning birinchi kunini viloyat hokimining sanoatni rovojlantirish masalalari bo’yicha yordamchisi Ibragimov Nozir Alievich kirish so’zi bilan ochdi. Shuningdek seminarda Bandlik bosh boshqarmasi boshlig’i Jabborov Isroil Ismoilovich, Viloyat innovatsion rivojlanish boshqarmasi boshlig’i Mardonov Nurmuhammad Zayniddinovich, Yoshlar ishlari agentligi viloyat bo’limi boshlig’i Husan Tuxtaev Mirzaevichlar so’zga chiqib viloyatdagi startap loyihalari, loyialarni rivojlantirish, loyihani amalga oshrishda uchraydigan to’siqlar va ularning ychimlari bo’yicha o’z firklarini berib o’tdi.
Shuningdek Seminarda Samarqand kasb hunarga o’qitish markazi direktori Ergashev Ismoil Tashkentovich Samarqand Startap Inkubator Markazi faoliyati to’g’risida yig’ilganlarga qisqancha tag’dimot sifatida ma’lumot berdi. Hozirda bu Startap Inkubator Markazida 14 ta Rezidentlar o’z loyihalari ustida ishlamoqda. Markazda rezidentlar uchun barcha sharoitlar mavjud.
Ushbu yig’ilishda mahalliy tashkilotlardan tashqari mahalliy oliy o’quv yurtlarining Ilmiy ishlar va Innovatsion rivojlantirish bo’yicha prorektorlari ham qatnashib universitetlarda startaplar bo’yicha qilinilayotgan ishlari bo’yicha ma’lumotlar berishdi.
Seminarning maqsadi Samarqand viloyatida Startaplar bo’yicha ishlar olib borayotgan turli tashkilot va korxonalarni birlashtirib Startap Ekomuhitini yaratish va rivojlanib kelayotgan yangi startaplarni qo’llab qo’vvatlashda mahalliy davlat tashkilotlarni ham jalb qilishdan iborat.
Seminar ikkinchi kuni 26-iyun kuni davom etadi. Ikkinchi kunda Samarqand viloyati hokimiyati tamonidan Startaplarni qo’llab quvvatlash uchun ajratilgan 1 millard so’m miqdoridagi moliyaviy yordamni taqsimlash maqsadida Startaplarni saralash tanlovi bosqichining navbatdagi bosqichi bo’lib o’tadi. Unda 30 ga yaqin Startap g’oyalariga ega yoshlar ishtirok etishi kutilmoqda. Startap tanlovining navbatdagi bosqichida qatnashayotgan yoshlarga omad tilaymiz.