Samarqand kasb-hunarga o’qitish markazi, Axborot texnologiyalari yo’nalishi talabalari o’rtasida WORLDSKILLS talablari asosida video montaj yo’nalishi bo’yicha musobaqa tashkil etildi. Musobaqada 3 ta guruhdan jami 9 ta ishtirokchilar qatnashdi. Ishtirokchilar to’liq worldskills topshiriqlari va vaqt me’yorlari asosida o’z bilim va ko’nikmalarini amaliy sinovdan o’tkazishdi.
Musobaqa xayat a’zolari ishtirokchilar tamonidan yaratilgan ishlarni, Worldskills talablari asosida baholadi. Ishtirokchilar orasidan eng yuqori ball to’plagan 3 ta ishtirokchilar, faxrli o’rinlarni olgan ishtirokchilar, Samarqand kasb-hunarga o’qitish markazi direktorining faxriy yorliq va estalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.