Samarqand shahridagi ishsiz va band bo’lmagan aholini kasb-hunarga o’qitish markazida 2020-yil 20-fevral kuni “Payvandlash bo’limi” mashinasozlik yo’nalishining 30 nafar talabalaridan tanlab olingan 14 nafar talabalari o’rtasida World Skills talablari bo’yicha V-CNC PRO pogrammasi asosida, CAD/CAM, G-kod, M-kodlardan foydalanib Tokorlik CNC va Frezalash CNC mashinalarida Metallarga ishlov berish. “ENG YAXSHI PROGRAMMIST” kasbiy-amaliy ko’nikmalar musobaqasi bo’lib o’tdi.
Musobaqaga ko’ra:
- 7 nafar ishtirokchi V-CNC PRO pogrammasida Tokorlik CNC yo’nalishi bo’yicha berilgan topshiriqlar asosida chizmaga muofiq CAD/CAM, G-kod, M-kodlardan foydalanib olti soat vaqt ichida Metallarga ishlov berishdi va sumiliyatsiyaga ishlatib ko’rsatishdi.
- 7 nafar ishtirokchi V-CNC PRO pogrammasida Frezalash CNC yo’nalishi bo’yicha berilgan topshiriqlar asosida chizmaga muofiq CAD/CAM, G-kod, M-kodlardan foydalanib olti soat vaqt ichida Metallarga ishlov berishdi va sumiliyatsiyaga ishlatib ko’rsatishdi.
Musobaqa natijalari:
Musobaqa natijalariga ko’ra ishtirokchilar bajargan amaliy ishlarini “ELXOLDING” korxonasidan kelgan kuzatuvchi ekspert va mashinasozlik yo’nalishidagi o’qituvchilar tomonidan kuzatib borildi va quyidagicha o’rinlar berildi.
- V-CNC PRO pogrammasida Tokorlik CNC yo’nalishi bo’yicha Jalilov Sobir Bo’ron o’g’li 1-darajali diplom bilan tag’dirlandi.
- V-CNC PRO pogrammasida Tokorlik CNC yo’nalishi bo’yicha Qo’shaqov Doston Raximberdi o’g’li 2-darajali diplom bilan tag’dirlandi.
- V-CNC PRO pogrammasida Frezalash CNC yo’nalishi bo’yicha Narzullayev Siddiq Abdulla o’g’li 1-darajali diplom bilan tag’dirlandi.
- V-CNC PRO pogrammasida Frezalash CNC yo’nalishi bo’yicha Najimov Azizjon Ikromovich 2-darajali diplom bilan tag’dirlandi.
Kutilayotgan natijalar:
Musobaqada ishtirok etgan talabalar Samarqand viloyatida joylashgan nufuzli korxonalarga ishga joylashish imkoniyatini qo’lga kiritdi, Ayniqsa musobaqada faol qatnashib o’rin olgan talabalar uchun hozirdan “ELXOLDING” korxonasiga ishga joylashish taklifi berildi, ishlab chiqarish amaliyoti tugaganidan so’ng World Skills pasportiga ega bo’lishadi.