Samarqand shahridagi ishsiz va band bo’lmagan aholini kasb-hunarga o’qitish markazida 2020-yil 26-fevral kuni “Payvandlash ishlari (mexanik) texnigi” bo’limining guruh talabalari o’rtasida World Skills talablari asosida 60 nafar talabalardan tanlab olingan eng yaxshi 4 nafar talabalar orasida “ENG YAXSHI PAYVANDCHI” kasbiy-amaliy ko’nikmalar musobaqasi bo’lib o’tdi.
Musobaqaga ko’ra:
- Barcha ishtirokchi talabalar to’rt soat mobaynida Elektrpayvandlash mashinasi yordamida metal birikmalardan cho’rtburchak shakldagi makat yasashdi va yasalgan maketni maxsus suv bosimi orqali sinovdan o’tkazildi.
- Yarim avtomatda payvandlash mashinasi yordamida 40 minut mobaynida V-Simon shakldagi birikmalarni vertikal holatda choklar yotqizilib so’ngra maxsus sinov jihozidan bosim orqali payvand choklarini sinovdan o’tkazildi.
Musobaqa natijalari:
Musobaqa natijalariga ko’ra ishtirokchi payvandchilarning bajargan amaliy ishlari kuzatuvchi ekaspert va payvandlash o’qituvchilar tomonidan kuzatib borildi va quyidagicha o’rinlar berildi.
- Nosirov Otabek Faxriddinovich 1-darajali diplom bilan tag’dirlandi.
- Bozorov Asat Pardaboy o’g’li 2-darajali diplom bilan tag’dirlandi.
- Eshxo’jayev Yelyorxo’ja Tolibovich 3-darajali diplom bilan tag’dirlandi.
- Qo’chqorov Diyor Ibodulla o’g’li Faxriy yorliq bilan tag’dirlandi.
Kutilayotgan natijalar:
Musobaqada ishtirok etgan talabalar Samarqand viloyatida joylashgan nufuzli korxonalarga ishga joylashish imkoniyatini qo’lga kiritdi, ishlab chiqarish amaliyoti tugaganidan so’ng World Skills pasportiga ega bo’lishadi.