Samarqand shahridagi kasb-hunarga o`qitish markazida O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, KOICA (Koreya Xalqaro Hamkorlik Agentligi) va Koreyaning Keimyung Kollej Universiteti o`rtasida Anglashuv Memorandumi imzolandi.
Anglashuv memarandumiga asosan 3 yil muddatga mo`ljallangan qiymati 1 100 000 AQSH dollari miqdorida loyiha olishga erishildi. Loyiha doirasida Kompyuter grafikasi va multimedia tizimlari yo’nalishi tashkil etildi.
Kompyuter grafikasi va multimedia tizimlari yo’nalishi tashkiletish bo’yicha markazning 2 nafar o’qituvchisi Koreyaning Keimyung Kollej Universitetiga borib 1 oy davomida o’z malakalarini oshirib qaytishdi. Ushbu yo’nalishning O’quv normativ hujjatlarini shakillantirishda koreyalik professorlar va hududiy korxona vakillaridan iborat bo’lgan kengash tuzilib, ozaro hamkorlikda kelishgan holda ishlab chiqishga erishildi.
Kompyuter grafikasi va multimedia tizimlari yo’nalishi ga jami 30 nafar yani 9 nafar o’g’il bola va 21 nafar qiz bolalardan iborat talabalar o’qishga qabul qilinishdi va sentyabr oyining boshidan darslar o’tila boshladi
Kompyuter grafikasi va multimedia tizimlari yo’nalishiga 2019- yil uchun mo’ljallangan jihozlar jumladan 2 ta raqamli fotoapparat, lazerli qirquvchi uskuna va turli buyumlarga suratlarni tushurishga mo’ljallangan uskunalar to’plami Koreyadan keltirildi.
Shuningdek markazimiz tomonidan Kompyuter grafikasi va multimedia tizimlari yo’nalishi talabalari o’qishlari uchun maxsus Dizayn markazi tashkil etildi va kerakli jihozlar bilan ta’minlab berildi.
Kompyuter grafikasi va multimedia tizimlari yo’nalishi o’quvchilari uchun Koreyaning Keimyung Kollej Universitetining professor o’qiruvchilari bilan birgalikda o’quv qo’llanmaning 1- qismi to’liq ishlab chiqildi. O’quv qo’llanmaning 1- qismi 384 betdan iborat bo’lib 4 ta fanni o’z ichiga oladi.
Loyiha doirasida kereyadan keltirilgan so’nggi rusimdagi jihozlar