Samarqand ishsizlarni kasb-hunarga o’qitish markazining Marketing va ishga joylashtirish bo’limi xodimlari hamda Elektronika va asbobsozlik bo’lim boshlig’i J Djalilovlar 2022 yil 18-oktyabr kuni Samarqand konserva zavodida Elektronika va asbobsozlik bo’limining 12-oqim talabalarini ishlab chiqarish amaliyotini o’tkazilishi bo’yicha o’rganish olib borildi.
Korxonaning bosh muhandisi Fayziyev Rinat bilan suhbatlashganda markazning 3-nafar talabalari ham bilim va ko’nikmalarni yaxshi o’zlashtirganligi sababli amaliyot davrida berilgan topshiriqlarni o’z vaqtida hamda sifatli bajarayotganligi, intizomi va muomalasiga alohida to’xtab o’tdi. Amaliyotdan keyin shtat asosida birgalikda ishlash maqsadi borligini ham aytib o’tdi.