Xujamatov Rashit Qilichboy o’g’li
- Mobil: ++998 93 347 74 48
- Telegramm: @SamCons
- E-mail:rashid.xujamatov@gmail.com
«Elektr va elektronika» boʻlimi 2016–yil oktyabr oyida tashkil etilgan boʻlib, hozirda boʻlimda 2 nafar ishlab chiqarish taʼlim ustasi 2 ta shtat birligida faoliyat yuritmoqda. Ustozlarning oʻrtacha yoshi 33 yoshni tashkil qiladi.
Boʻlimda zamonaviy jihozlangan 3 ta oʻquv laboratoriyasi hamda 1 ta nazariy oʻquv xonasi mavjud boʻlib, talabalarga amaliy va nazariy bilimlarni samarali oʻzlashtirish imkoniyati yaratilgan.
Ayniqsa, 2025-yil sentyabrdan boshlab boʻlimda Koreya Respublikasi hukumati hamkorligida Koreya Politeknika Universiteti (Korea Polytechnic University) bilan 1+2 taʼlim loyihasi amalga oshiriladi. Loyihaga asosan, ishtirokchilar dastlabki 1 yil davomida Markazimizning «Elektr va elektronika» kasbi boʻyicha chuqur oʻqitiladi. Keyingi 2 yil esa Koreya Politeknika Universitetida davom ettiriladi.
Loyiha doirasida muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar xalqaro standartdagi namunaviy diplomga ega boʻladi hamda Koreya Respublikasida ishlash huquqini qoʻlga kiritadi.
Loyihaning amalga oshirilishi uchun Markazimiz bilan Koreya Politeknika Universiteti oʻrtasida rasmiy tushunish memorandumi (MOU) ham imzolangan.
3310800 – Elektronika va Elektronika (tarmoqlar bo’yicha).
Beriladigan kasb:
3318001 – Elektron texnikalarni montaj qilish va sozlash texnigi.
- Elektr muhandisligi nazariy asoslari:
- Sanoat elektromontaji:
- Dasturlanuvchi mantiqiy kontrollerlar (PLC) qo’llanilishi;
- Elektr mashinalari va ularga xizmat ko’rsatish;
- Elektromontaj va xizmat ko’rsatish;
- Amaliy elektronika asoslari;
- Sensorlardan foydalanish asoslari;
- CAD dasturi asosida elektr sxemalarni yaratish (Autocad Electrical).
- Xujamatov Rashid Qilichboy o’g’li
- Sovurqulov Sardor To’lqin o’g’li
- Mamatqulov Olmos Baxodir o’g’li
|