+998 (66) 221 72 62 samkoica@umail.uz Samarqand sh. Spitamen ko'chasi 264a

“Kasbiy Ko‘nikmalar” bo’yicha ilk tanlovi o’tkazildi.

Markazda 2019 yilning 25 fevral kuni O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda KOICA (Koreya xalqaro hamkorlik agentligi) tashabbusi bilan vazirlik tasarrufidagi kasb-hunarga o’qitish markazlari o’quvchilari o’rtasida ilk marotaba “Kasbiy Ko‘nikmalar” bo’yicha ilk tanlovi o’tkazildi.

Musobaqa maqsadi – o’quv markazlaridagi ta’lim sifatini oshirish, o’quv-tarbiya jarayonini, o’qituvchilarning Pedagogik mahoratini takomillashtirish, ular tomonidan qobiliyatli o’quvchilar bilan aniq maqsadga yo’naltirilgan yakka tartibdagi ishlarni o’tkazish, o’quvchilarning iste’dodi va ijodiy qobiliyatini namoyon qilishga shart-sharoit yaratish hamda xalqaro kasbiy ko’nikmalar tanlovida ishtirok etish uchun nomzodlarni shakllantirishdan iboratdir.

Tanlovda Toshkent, Samarqand va Shahrisabz shaharlaridagi kasb-hunarga o’qitish markazlarining jami 3 ta guruhi quyidagi to’rt yo’nalish bo’yicha kasbiy ko’nikmalarini sinovdan o’tkazdi:

  1. Avtomobillarni ta’mirlash va Texnik xizmat ko’rsatish.
  2. Elektr va elektronika.
  3. Payvandlash ishlari Texnigi.
  4. Axborot texnologiyalari.

 

 

Tanlov jarayonlarini KOICA ko’ngilli o’qituvchilari va tegishli tashkilotlarning mas’ul vakillaridan iborat nufuzli hakamlar hay’ati baholab bordi. Tanlov doirasida, shuningdek, guruh o’quvchilari tomonidan yaratilgan turli texnologik ishlanmalar va o’quv markazi faoliyatini yorituvchi  ko’rgazmalar ham tashkil etildi.

Kunning ikkinchi yarmida markaz o’quvchilari tomonidan tayyorlangan badiiy Kecha hamda taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. Tadbirda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o’rinbosari Bahodir Umrzoqov hamda KOICA ning Toshkentdagi ofis direktori Son Song Il bevosita ishtirok etib, yo’nalishlar bo’yicha tanlov g’oliblarini mukofotlashdi.

Ishsiz va band bo’lmagan aholini kasb-hunarga o’qitish markazlari o’rtasida ilk marotaba o’tkazilgan tanlov natijalariga ko’ra umumiy hisobda Samarqand kasb-hunarga o’qitish markazi birinchi o’rinni egalladi. G’olib bo’lgan markazga ramziy G’oliblik bayrog’i topshirildi.

Tadbir yakunida tanlovning barcha ishtirokchilariga homiylar tomonidan esdalik sovg’alari topshirildi.

 

Trackback from your site.

Leave a comment