+998 (66) 221 72 62 sam-koica@mail.ru Samarqand sh. Spitamen ko'chasi 264a

Самарқанд шаҳридаги ишсиз ва банд бўлмаган аҳолини касб-ҳунарга ўқитиш марказига 2019 йил сентябрь ойида қабул қилинган ва март ойида амалиётга чиқарилган талабаларнинг битирув тадбири Республикамизда карантин эълон қилиганлиги сабабли 2020 йил 12 июнда ZOOM орқали видео конференция тарзида бўлиб ўтди. Марказда ўқиш давомида талабалар томонидан тайёрланган ижодий ишлар кўргазмаси ташкил қилинди.

Koronavirus pandemiyasi davrida barcha ta’lim muassasalarida o`qishlar masofaviy tarzda tashkil etilishi belgilangandan so`ng, talabalarga zaruriy bilim va ko`nikmalarni o`z vaqtida berish maqsadida Samarqand kasb-hunarga o`qitish markazida ham masofaviy ta’lim bo`yicha o`quv jarayoni yo`lga qo`yildi.

Samarqand shahridagi ishsiz va band bo’lmagan aholini kasb-hunarga o’qitish markazida 2020-yil 20-fevral kuni “Payvandlash bo’limi” mashinasozlik yo’nalishining 30 nafar talabalaridan tanlab olingan 14 nafar talabalari o’rtasida World Skills talablari bo’yicha V-CNC PRO pogrammasi asosida, CAD/CAM, G-kod, M-kodlardan foydalanib Tokorlik CNC va Frezalash CNC mashinalarida Metallarga ishlov berish. “ENG YAXSHI PROGRAMMIST  kasbiy-amaliy ko’nikmalar musobaqasi bo’lib o’tdi.

Samarqand shahridagi ishsiz va band bo’lmagan aholini kasb-hunarga o’qitish markazida 2020-yil 26-fevral kuni “Payvandlash ishlari (mexanik) texnigi” bo’limining guruh talabalari o’rtasida World Skills talablari asosida 60 nafar talabalardan tanlab olingan eng yaxshi 4 nafar talabalar orasida  “ENG YAXSHI PAYVANDCHI” kasbiy-amaliy ko’nikmalar musobaqasi bo’lib o’tdi.

Самарқанд шаҳридаги касб-ҳунарга ўқитиш марказига 2020 йил 20 февралда Корея Республикасининг Ўзбекистондаги элчихонаси маслаҳатчиси Юн Чжи Ван,  сиёсат ва иқтисодиёт масалалари бўйича мутахассиси Хонг Джи Ён ва масъул ходим Ли Джу Хилар ташриф буюришди.