+998 (66) 221 72 62 samkoica@umail.uz Samarqand sh. Spitamen ko'chasi 264a

Nima uchun ushbu kursni o‘rganish kerak?

Bu kursda tinglovchilar gaz himoyasi ostida volfram elektrod yoyida payvandlash mashinasida, argon (geliy, azot) gazlaridan foydalanib zanglamaydigan po’lat plastina va alyuminiy, magniy, titan sirkoniy va mis quvurlarni payvandlash kabi bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladi.

Kurs sizga nima bera oladi?

O‘quv kursi tinglovchilari Gaz himoyasi ostida volfram elektrod yoyida (argon) payvandlash haqida to‘liq bilimga ega bo‘ladi. Zanglamaydigan po’lat plastina va alyuminiy, magniy, titan sirkoniy va mis quvurlarni erimaydigan elektrod va argon gazi yordamida payvandlash usullarini bajara oladi. Kurs bitiruvchilariga markaz tomonidan sertifikat beriladi. Ushbu kurs bitiruvchilari kursda olgan bilimlari yordamida kelajakda korxona va tashkilotlarda o’z ish faoliyatlarini olib borishi mumkin.

Kurs muddati va vaqtlari:

Darslar haftasiga 3 marta 2 soatdan o‘tiladi. Darslar umumiy 36 soatdan iborat.

Darslarning boshlanish vaqtilari: 14:00, 16:00, 18:00